O'quv markazi uchun LMS

Darslinker faqat hisob-kitob yuritmaydi, unda o'quv jarayoni uchun LMS tizimi ham bor. Darsda jonli quiz o'tkaziladi, natijalar o'quvchi profiliga tushadi, ota-ona esa farzandi qanday o'qiyotganini kuzatib boradi.

Tariflar
A

Aziz Rahimov

IELTS 7.0 · Davomat 12/12

Quiz natijalari

Present Simple940
Vocabulary 3870
Listening 2910

Qisqacha

  • LMS qismi CRM bilan bitta tizimda: alohida platforma kerak emas.
  • Darsda jonli quiz: o'quvchilar telefondan PIN bilan qo'shiladi, reyting jonli yangilanadi.
  • Quiz natijalari o'quvchi profilida davomat va to'lovlar bilan birga saqlanadi.
  • Ota-ona farzandining davomatini kuzatadi va Telegram orqali xabar oladi.

LMS nima va o'quv markaziga nima uchun kerak?

LMS (o'quv jarayonini boshqarish tizimi) darsning o'zi bilan ishlaydi: bilim qanday o'zlashtirilyapti, o'quvchi qanchalik faol. CRM esa o'quvchilar, to'lov va lidlarni hisoblaydi. Darslinker'da ikkalasi bitta tizimda: darsdagi quiz natijalari o'quvchining davomati va to'lovlari bilan bir profilda turadi.

  1. 01

    Darsda quiz

    O'qituvchi quizni markaz panelida tuzib, darsda ishga tushiradi.

  2. 02

    Natija profilga tushadi

    Har o'quvchining ballari uning profilida saqlanib boradi.

  3. 03

    Hamma ko'radi

    O'qituvchi va rahbar natijani ko'radi, ota-ona davomatni kuzatadi.

LMS qismi markazga nima beradi?

  • Bilim darsning o'zida tekshiriladi

    Mavzu oxirida jonli quiz: kim tushungan, kim qiynalayotgani darhol ko'rinadi.

  • O'quvchi qiziqib qatnaydi

    Reyting va musobaqa darsni o'yinga aylantiradi, zerikish kamayadi.

  • Natija yo'qolmaydi

    Quiz ballari qog'ozda emas, o'quvchi profilida davomat va to'lovlar bilan birga turadi.

  • Ikkita tizim shart emas

    Hisob uchun bitta, o'quv jarayoni uchun boshqa dastur sotib olish va o'rganish kerak emas.

Faqat CRM'dan nimasi farq qiladi?

VazifaFaqat CRM bilanDarslinker'da
O'quvchi haqida ma'lumotTo'lov va davomat bor, o'qishi haqida ma'lumot yo'qQuiz natijalari ham shu profilda
Darsni qiziqarli qilishAlohida xizmat yoki og'zaki so'rovJonli quiz tizimning o'zida
Ketishi mumkin bo'lganlarni sezishFaqat davomat yoki qarz orqaliDavomat va quiz faolligi birga ko'rinadi
Xodimlar uchunHisob va o'quv jarayoni uchun ikki xil dasturBitta tizim, bitta login

LMS qismi batafsil

Darsda quiz qanday o'tishi haqida jonli quiz sahifasida, o'quvchi profili haqida o'quvchilar bazasi sahifasida, ota-onaning kuzatuvi haqida esa ota-onalar uchun sahifasida yozdik.

Barcha imkoniyatlar

Ko'p so'raladigan savollar

CRM o'quvchilar, to'lov va lidlarni hisoblaydi, LMS esa o'quv jarayonini qo'llab-quvvatlaydi. Darslinker'da ikkalasi bitta tizimda, shuning uchun alohida LMS platformasi sotib olish shart emas.

CRM markazning boshqaruvi uchun: o'quvchilar ro'yxati, davomat, to'lov, qarzdorlik, lidlar. LMS o'quv jarayoni uchun: darsdagi topshiriqlar, bilimni tekshirish va natijalar. Darslinker ikkalasini birlashtiradi.

Darsda jonli quiz (PIN bilan qo'shilish, vaqt, ballar, jonli reyting), quiz natijalarining o'quvchi profilida saqlanishi va ota-onaning farzandi davomati va to'lovlarini kuzatishi.

Yo'q. O'quvchilar quizga telefon brauzeridan PIN orqali qo'shiladi.

Barcha tariflarda. Tariflar oyiga 190 000 so'mdan boshlanadi va faqat o'quvchilar, filiallar va xodimlar soni bilan farq qiladi.

Hisob va o'quv jarayoni bitta tizimda

14 kun bepul sinov, karta kerak emas. Jonli quizni sinov davomida o'z darsingizda sinab ko'rasiz.