O'zbekistonda o'quv markazi uchun CRM'ni qanday tanlash kerak
O'zbekistonda o'quv markazlari uchun bir nechta CRM tizimi bor. Ular narxi, imkoniyatlari va ishlash usuli bilan farq qiladi. Quyida tizimlarni solishtirishda nimalarga qarash kerakligi va har bir mezon bo'yicha Darslinker'da qanday ekanini yozdik.
Qisqacha
- Hamma markaz uchun bitta eng yaxshi CRM yo'q: tizim markazingiz hajmi va ehtiyojiga mos bo'lishi kerak.
- Narx qanday hisoblanishiga va markaz o'sganda qancha bo'lishiga qarang.
- Imkoniyatlar arzon tarifda ham ochiqmi, ota-onaga xabar pullik SMS orqalimi, shuni tekshiring.
- Tanlashdan oldin tizimni o'z ma'lumotlaringiz bilan sinov muddatida ishlatib ko'ring.
O'quv markazi uchun CRM tanlashda nimalarni solishtirish kerak?
| Mezon | Nega muhim | Darslinker'da |
|---|---|---|
| Narx qanday hisoblanadi | Ba'zi tizimlarda narx o'quvchi, guruh yoki xodim soniga bog'liq. Markaz o'sganda qancha to'lashingizni oldindan bilish muhim. | O'quvchilar soniga qarab: oyiga 190 000 so'mdan. Chegaradan oshgan har 10 o'quvchiga +20 000 so'm. Batafsil |
| Imkoniyatlar tarifga qarab cheklanadimi | Arzon tarifda kerakli imkoniyat yopiq bo'lsa, qimmatrog'iga o'tishga majbur bo'lasiz. | Cheklanmaydi. Barcha imkoniyatlar har bir tarifda bor. Batafsil |
| Ota-onaga xabar qanday boradi | SMS har xabar uchun pul talab qiladi. Ota-onalar soni ko'p bo'lsa, bu xarajat sezilarli bo'ladi. | Telegram orqali, avtomatik. Xabar uchun alohida pul to'lanmaydi. Batafsil |
| Davomat qanday belgilanadi | O'qituvchi davomatni darsda tez belgilay olmasa, u keyinga qoladi va unutiladi. | O'qituvchi darsda telefondan belgilaydi, ilova o'rnatish shart emas. Batafsil |
| Qarzdorlik avtomatik hisoblanadimi | Qarzni qo'lda sanash vaqt oladi va xatoga olib keladi. | Ha. Qarz to'lov rejasi asosida o'zi hisoblanadi, qarzdorlar ro'yxati doim tayyor. Batafsil |
| O'quvchini ushlab qolishga yordam beradimi | Hisob yuritish yetarli emas: o'quvchi qiziqib qatnashi uchun dars ham qiziqarli bo'lishi kerak. | Darsda jonli quiz va reyting, kelmagan o'quvchi haqida ota-onaga xabar. Batafsil |
| O'quv jarayoni (LMS) bormi | Faqat hisob yuritadigan tizimda o'quvchi qanday o'qiyotgani ko'rinmaydi, darslar uchun alohida dastur kerak bo'ladi. | Ha: jonli quiz va natijalar o'quvchi profilida, CRM bilan bitta tizimda. Batafsil |
| Yangi o'quvchi topishga yordam | CRM odatda mavjud o'quvchilarni boshqaradi, yangi o'quvchi oqimi alohida masala. | Lidlar Kanban doskada. Bundan tashqari Darslinker marketplace orqali o'quvchilardan ariza keladi. Batafsil |
| Mavjud ma'lumotni ko'chirish | Ro'yxatni qaytadan qo'lda kiritish bir necha kun oladi. | O'quvchilar ro'yxati Excel'dan ko'chiriladi, kerak bo'lsa yordam beramiz. Batafsil |
| Markazga moslash | Tizim markazning nomi, uslubi va ish tartibiga mos bo'lsa, xodimlar va ota-onalar unga tezroq ko'nikadi. | Logotip va nom, dashboard ranglari, xabar matnlari, rollar. Batafsil |
| Filiallar | Markaz kengaysa, filiallarni alohida tizimlarda yuritish noqulay. | Biznes tarifida 3 ta, Korporativ tarifida 6 ta filial. Undan ko'pi uchun Individual tarif. Batafsil |
| Ma'lumotlar xavfsizligi | O'quvchilar va to'lovlar ma'lumoti yo'qolsa yoki begona qo'lga tushsa, markazga katta zarar. | Har kuni zaxira nusxa, shifrlangan ulanish, har markaz ma'lumoti alohida. Ma'lumotni istalgan payt yuklab olasiz. Batafsil |
| Sinov va boshlash | Tizimni o'z ma'lumotlaringiz bilan sinab ko'rmasdan tanlash xavfli. | 14 kun bepul sinov, karta talab qilinmaydi. |
| O'rnatish va yordam | Tizimni o'zingiz sozlash va xodimlarni o'rgatish ko'p vaqt oladi. Savol tug'ilganda tez javob olish ham muhim. | Birgalikda o'rnatamiz va har bir tarifda to'liq sozlab beramiz, xodimlarni o'rgatamiz. Support haftaning 7 kuni, 10:00–20:00. Batafsil |
Tanlashdan oldin nima qilish kerak?
- 01
Ehtiyojni yozib chiqing
Markazingizda nechta o'quvchi, filial va xodim bor, eng ko'p vaqt qayerga ketyapti: davomatgami, to'lovgami yoki ota-ona bilan aloqagami.
- 02
Narxni o'sish bilan hisoblang
Bugungi narxga emas, o'quvchilar soni oshganda qancha to'lashingizga qarang.
- 03
O'z ma'lumotingiz bilan sinang
Sinov muddatida haqiqiy ro'yxatingizni yuklab, xodimlaringiz bilan bir-ikki hafta ishlab ko'ring.
Sinov muddatida nimani tekshirish kerak?
Har qanday CRM'ni tanlashdan oldin quyidagilarni o'zingiz tekshirib ko'ring. Bu ro'yxat istalgan tizimga mos keladi.
- 01O'quvchilar ro'yxatini o'z faylingizdan yuklab ko'ring: qancha vaqt oldi?
- 02O'qituvchi davomatni telefondan belgilashi qulaymi?
- 03Qarzdorlar ro'yxati o'zi chiqadimi yoki qo'lda tuziladimi?
- 04Ota-onaga xabar qanday boradi va u uchun alohida to'lov bormi?
- 05Markazingiz ikki baravar o'ssa, oylik to'lov qancha bo'ladi?
- 06Savol tug'ilganda yordam qanchalik tez keladi?
Ko'p so'raladigan savollar
Eng muhimlari: narx qanday hisoblanishi, imkoniyatlar tarifga qarab cheklanishi, ota-onaga xabar usuli (SMS yoki Telegram), davomat va qarzdorlik qanchalik oson yuritilishi, ma'lumotni ko'chirish, sinov muddati va yordam.
Tizimlarda narx turlicha hisoblanadi: o'quvchilar, guruhlar yoki xodimlar soniga qarab. Darslinker'da narx o'quvchilar soniga bog'liq va barcha imkoniyatlar har bir tarifda bor.
Ro'yxatni o'z faylingizdan yuklash, davomatni telefondan belgilash, qarzdorlar ro'yxati, ota-onaga xabar usuli, markaz o'sganda narx va yordamning tezligi.
CRM o'quvchilar, guruhlar, davomat, to'lov va qarzdorlikni bir joyga yig'adi. Daftar yoki Excel'da bu ma'lumotlar tarqoq bo'ladi va qarzdorlik yoki o'quvchi qatnovi pasayishi kech bilinadi.
Hamma markaz uchun bitta eng yaxshi tizim yo'q. Markazingiz hajmi, byudjeti va ehtiyojlariga mos tizimni yuqoridagi mezonlar bo'yicha solishtiring va sinov muddatida o'z ma'lumotlaringiz bilan tekshirib ko'ring.
Darslinker o'quvchini ushlab qolishga alohida e'tibor beradi: darsda jonli quiz, ota-onaga Telegram xabarlari. Barcha imkoniyatlar har bir tarifda bor, marketplace orqali esa markazga yangi arizalar ham keladi.
Darslinker'ni o'zingiz solishtiring
14 kun bepul sinov, karta kerak emas. O'z ma'lumotlaringiz bilan sinab ko'ring.