Bolalar o'quv markazi uchun CRM

Bolalar o'quv markazlarida asosiy mijoz ota-ona. U farzandi darsga kelganini, to'lov qabul qilinganini bilishni istaydi. Darslinker bu xabarlarni Telegram orqali o'zi yuboradi, ota-ona esa farzandining davomati va to'lovlarini kuzatib boradi.

Tariflar
Markaz boti

Assalomu alaykum! Farzandingiz Aziz bugungi darsga (14:00) kelmadi.

Noyabr oyi uchun 450 000 so'm to'lov qabul qilindi. Rahmat!

Qisqacha

  • Farzandi darsga kelmasa, ota-onaga darhol Telegram xabar boradi.
  • Ota-ona farzandining davomati va to'lovlarini o'zi kuzatib boradi.
  • Bitta telefon raqamiga bir nechta farzand bog'lanadi.
  • Darsda jonli quiz bolalarga musobaqa kabi yoqadi.

Bolalar markazida ota-onalarni davomatdan qanday xabardor qilish mumkin?

Darslinker'da o'qituvchi davomatni darsda telefondan belgilaydi. Farzand darsga kelmagan deb belgilansa, ota-onasiga darhol Telegram orqali xabar boradi. Qarzdorlik paydo bo'lganda va to'lov qabul qilinganda ham ota-ona avtomatik xabar oladi.

  1. 01

    Davomat belgilanadi

    O'qituvchi dars boshida kelganlarni telefondan belgilaydi.

  2. 02

    Ota-ona xabar oladi

    Farzand kelmasa, ota-onasiga Telegram xabar o'zi boradi.

  3. 03

    To'lov ham shaffof

    To'lov qabul qilinganda tasdiq, qarz paydo bo'lganda eslatma boradi.

Bolalar markazi uchun Darslinker nima beradi?

  • Ota-ona xotirjam

    Farzandi darsda bo'lmasa, ota-ona buni markaz qo'ng'iroq qilmasdan biladi.

  • Bir oiladan bir nechta farzand

    Bitta telefon raqamiga bir nechta farzand bog'lanadi, xabarlar bitta joyga keladi.

  • Dars o'yin shaklida

    Jonli quiz bolalarga musobaqa kabi yoqadi: reyting jonli yangilanadi.

  • Xabar matni sizning uslubingizda

    Ota-onaga boradigan xabarlarni markaz o'zi, iliq va tushunarli qilib yozadi.

Telefon qo'ng'iroqlari va daftardan nimasi farq qiladi?

VazifaQo'ng'iroq va daftar bilanDarslinker'da
Bola darsga kelmasaAdministrator ota-onaga qo'ng'iroq qiladi yoki umuman xabar bermaydiOta-ona Telegram'da darhol xabar oladi
To'lovOta-ona qancha to'laganini so'rab qo'ng'iroq qiladiTo'lov tasdig'i keladi, tarixni o'zi ko'radi
Bir oiladan bir nechta bolaHar biri alohida yoziladiBitta raqamga bir nechta farzand
Xabar ohangiHar safar har xil yoziladiMarkaz matnni bir marta iliq uslubda sozlaydi

Bolalar markazi uchun asosiy imkoniyatlar

Barcha imkoniyatlar

Ko'p so'raladigan savollar

Ha, Darslinker buni o'zi qiladi: farzandi darsga kelmasa, qarzdorlik paydo bo'lsa yoki to'lov qabul qilinsa, ota-onaga Telegram orqali avtomatik xabar boradi. Xabar matnini markaz o'zi sozlaydi.

Bitta telefon raqamiga bir nechta farzand bog'lanadi. Ota-ona har bir farzandi haqidagi xabarni shu raqam orqali oladi.

Yo'q. Xabarlar Telegram orqali boradi, ular uchun alohida pul to'lanmaydi.

Ha. Darslinker har qanday bolalar kursi uchun guruh, jadval, davomat va to'lovni yuritadi, ota-onalar bilan aloqani esa avtomatlashtiradi.

Ota-ona farzandining davomati va to'lovlarini o'zi ko'radi, muhim holatlarda esa Telegram orqali avtomatik xabar oladi.

O'quvchilar soniga qarab: 100 tagachasiga Minimal (190 000 so'm/oy), 250 tagachasiga Standart tarifi mos. Barcha imkoniyatlar har bir tarifda bor.

Ota-onalar bilan aloqani avtomatlashtiring

14 kun bepul sinov, karta kerak emas. Birinchi xabarlar davomat belgilangan kuniyoq boradi.